Cinera

Rasmdan video yaratish

Bitta rasm yetarli: mahsulot, portret yoki kiyim rasmini yuklang, Cinera esa uni kamera harakati, yorug‘lik va (xohlasangiz) ovoz bilan qisqa kinematografik videoga aylantiradi.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Rasmni yuklang

    JPG, PNG yoki WebP, 10 MB gacha. Rasm tanlangan formatga (9:16, 16:9 yoki 1:1) kesiladi.

  2. 2

    G‘oyani yozing yoki shablon tanlang

    Qanday harakat kerakligini o‘zbek, rus yoki ingliz tilida yozing — AI Rejissyor uni professional promptga aylantiradi.

  3. 3

    Videoni oling

    Odatda 1–5 daqiqada tayyor bo‘ladi. Videoni yuklab olasiz yoki havola orqali ulashasiz.

Tayyor shablonlar

Nega Cinera

  • Narx boshlashdan oldin ko‘rsatiladi — kutilmagan to‘lov yo‘q
  • Video chiqmasa, kreditlar avtomatik qaytadi
  • Reels, YouTube va Instagram uchun formatlar
  • Humo, Uzcard va xalqaro kartalar bilan to‘lov

Savol va javoblar

Qanday rasm yaxshi natija beradi?

Asosiy obyekt aniq ko‘rinadigan, yorug‘ va sifatli rasm. Juda kichik yoki xira rasmlar videoda ham xira chiqadi.

Videoda ovoz bo‘ladimi?

Ovozni qo‘llaydigan modellarda «Ovoz va musiqa» belgisini yoqish mumkin.

Boshqa odamning rasmidan video qilsa bo‘ladimi?

Faqat uning roziligi bilan. Rasmlarga bo‘lgan huquq uchun foydalanuvchi javobgar — Foydalanish shartlariga qarang.

Birinchi filmingizni bugun yarating

Google bilan boshlash