Maxfiylik siyosati

Bu siyosat Cinera (cinera.uz, cinera.video) qanday ma'lumot yig'ishi, undan qanday foydalanishi va kimga uzatishini tushuntiradi.

1. Qanday ma'lumot yig'amiz

  • Akkaunt: Google orqali kirganda — ism, email va profil rasmi; Telegram mini app orqali kirganda — Telegram ID, ism, username va profil rasmi. Shuningdek til, shartlarga rozilik sanasi va (adminlar uchun) ikki bosqichli autentifikatsiya ma'lumotlari. Parol saqlamaymiz.
  • Kontent: AI Rejissyor bilan suhbatlar, promptlar, yuklangan rasmlar va yaratilgan videolar.
  • To'lovlar: paket, summa, to'lov holati; kartaga o'tkazmada — kirim summasi va karta niqobi (oxirgi 4 raqam), siz yuklagan chek. Karta raqamingizni to'liq saqlamaymiz.
  • Texnik: IP manzil (xavfsizlik, suiiste'moldan himoya va shikoyatlar uchun), brauzer cookie'lari (sessiya, til).

2. Ma'lumotdan qanday foydalanamiz

  • Videolarni yaratish, saqlash va sizga ko'rsatish uchun.
  • To'lovlarni aniqlash va kreditlarni hisobga olish uchun.
  • Suiiste'mol, firibgarlik va qonunga zid kontentdan himoyalanish uchun.
  • Muhim xabarlar uchun (video tayyor, o'chirilish muddati, shikoyat natijasi). Reklama xatlari yubormaymiz.

3. Uchinchi tomonlarga uzatish

Xizmat ishlashi uchun ma'lumotlarning bir qismi quyidagi provayderlarga uzatiladi:

  • Google (Gemini API) — AI Rejissyor chatidagi xabarlaringiz (faqat matn) va Veo modelida video yaratish uchun prompt hamda siz qo'shgan rasm. Pullik tarifda Google bu ma'lumotlardan o'z modellarini o'qitish uchun foydalanmaydi. Baribir chatga shaxsiy yoki maxfiy ma'lumot yozmang.
  • BytePlus ModelArk (Seedance) — video yaratish uchun prompt va siz qo'shgan rasm.
  • Google Sign-In va Telegram — tizimga kirish; Telegram bot (@CineraAiBot) orqali video va to'lov xabarlari yuboriladi.
  • Lemon Squeezy, LLC (Merchant of Record) — xalqaro karta to'lovlarini amalga oshiradi va hisob-faktura beradi; unga ismingiz, emailingiz va to'lov mamlakati uzatiladi, to'lovga uning o'z maxfiylik siyosati amal qiladi. Karta ma'lumotlari bizga kelmaydi.
  • Webdock — server va fayllar saqlanadigan joy (hosting).
  • Telegram (@HUMOcardbot) — kartaga kelgan o'tkazmalar haqidagi bank bildirishnomasi orqali to'lovni aniqlash.

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz.

4. Saqlash muddati

  • Videolar — 30 kun bepul, uzaytirilsa — tanlangan muddatgacha; keyin fayl o'chiriladi, generatsiya yozuvi tarix uchun qoladi.
  • Yuklangan rasmlar — generatsiya tugagach 30 kun.
  • Suhbatlar — har foydalanuvchida oxirgi 5 ta suhbat; 6-suhbat ochilganda eng eskisi o'chadi.
  • To'lov va kredit yozuvlari — buxgalteriya hisobi uchun akkaunt o'chirilgandan keyin ham saqlanadi (shaxsga bog'lanmagan holda).

5. Xavfsizlik

Ulanishlar HTTPS orqali shifrlanadi, kirish faqat Google yoki Telegram orqali (parol yo'q), to'lov sozlamalari shifrlangan holda saqlanadi. Fayllar faqat ruxsat tekshiruvidan keyin beriladi. Ma'lumotlar bazasining zaxira nusxalari himoyalangan joyda saqlanadi.

6. Sizning huquqlaringiz

Profil sozlamalarida ma'lumotlaringizni o'zgartirishingiz yoki akkauntni o'chirishingiz mumkin. Ma'lumotlaringiz nusxasini olish yoki o'chirish bo'yicha so'rovlar uchun: support@cinera.uz

6a. EEA, Buyuk Britaniya va Kaliforniya foydalanuvchilari

Agar siz Yevropa iqtisodiy hududi, Buyuk Britaniya yoki Shveytsariyada bo'lsangiz, GDPR bo'yicha huquqlaringiz bor: ma'lumotlarga kirish, tuzatish, o'chirish, cheklash, ko'chirib olish va e'tiroz bildirish, shuningdek mahalliy nazorat organiga shikoyat qilish. Qayta ishlash asosi — siz bilan tuzilgan shartnoma (Xizmatni ko'rsatish), xavfsizlik va firibgarlikka qarshi qonuniy manfaatimiz hamda so'ralgan hollarda roziligingiz. Kaliforniya aholisi CCPA bo'yicha shunga teng huquqlarga ega; biz shaxsiy ma'lumotlarni reklama uchun sotmaymiz.

6b. Ma'lumotlar qayerda qayta ishlanadi

Xizmat Yevropa Ittifoqidagi (Daniya) serverlarda ishlaydi. Video yaratish — Google (Gemini API; pullik tarifdagi ma'lumotlar o'qitishga ishlatilmaydi) va BytePlus (ModelArk), to'lovlar — Lemon Squeezy (xalqaro kartalar uchun merchant of record) va O'zbekistonda bank o'tkazmalari orqali. Bu provayderlar ma'lumotlarni standart shartnoma kafolatlari asosida sizning mamlakatingizdan tashqarida qayta ishlashi mumkin.

6c. Cookie'lar

Faqat Xizmat ishlashi uchun zarur cookie'lar ishlatiladi: sessiya, til, vaqt mintaqasi (narxni valyutangizda ko'rsatish uchun) va interfeys sozlamalari. Reklama yoki tashqi analitika cookie'lari yo'q.

6d. Ma'lumotlar nazoratchisi

Cinera — support@cinera.uz

7. O'zgarishlar

Siyosat yangilanishi mumkin; muhim o'zgarishlar haqida xizmatda xabar beramiz.

Versiya: 2026-10-18

Oxirgi yangilanish: 2026-10-18 · Versiya: 2026-10-18